Mazkur uchrashuvda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori professor Kongratbay Sharipov boshchiligida Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor Mansur Eshov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Gulnora Abduraxmonova, Xalqarolashtirish bo‘yicha prorektori Adxam Xudaykulov, Nobel mukofoti sovrindori, Yangi iqlim innovatsiyalari markazi (NCI) tashkil yetish tashabbuskori, professor Ray Kvon Chung, Yashil texnologiyalar milliy institutining tashqi ishlar va siyosat bo‘yicha hamkorlik markazi direktori Djeryon Song, “Envelops and Co” korxonasining direktori Xan Sin Yun va Yangi iqlim innovatsiyalari markazi (NCI) direktori Sanjar G‘oibnazarov ishtirok etdilar.
Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi: O‘zbekiston iqtisodiyoti yashil texnologiyalar tarmoqlariga investitsiyalarini jalb qilish imkoniyatlari istiqbollarini muhokama qilish va taxlil qilishga bag‘ishlandi.
Kun tartibiga binoan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Kongratbay Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, kelgan mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi va tadbir ishtirokchilarini tanishtirib so‘zni professor Ray Kvon Chungga berdi.
O‘z o‘rnida, professor Ray Kvon Chung yana bir bor hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan mutaxassislarni tanishtirdi va kelajakda olib boriladigan loyihalarda ushbu mutaxassislarning axamiyati juda kattaligini urg‘ulab o‘tdi.
Uchrashuv davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori professor Kongratbay Sharipov ushbu soxaga oid universitetimizda shu kungacha amalga oshirilgan islohotlar xaqida gapirib o‘tdi, jumladan, quyosh panellari loyihasi bo‘yicha tanlov o‘tkazildi va eng yaxshi startap g‘oyalar tanlab olindi.
Tadbirda O‘zbekiston yashil iqtisodiyotini rivojlantirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi va masala yechimiga olib keladigan takliflar o‘rtaga tashlandi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda chiqindilarni energiyaga aylantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish;
NCI Yangi iqlim innovatsiyalari markazi doirasida O‘zbekiston yashil iqtisodiyoti strategiyasini ishlab chiqish;
Shu orqali O‘zbekistonning yashil iqtisodiyot bo‘yicha olib borilayotgan siyosatiga o‘z hissamizni qo‘shish.
Ushbu takliflardan so‘ng, professor Ray Kvon Chung NCI yangi iqlim innovatsiyalari markazi va Koreya yashil texnologiyalar milliy instituti o‘rtasida yaqin kelajakda memorandum imzolanishi ko‘zda tutilayotganligini aytib o‘tdi va loyihani tashkillashtirish uchun tadqiqotchilarni jalb qilish taklifini xam berib o‘tdi.
Uchrashuv so‘ngida yuqorida taklif etilgan hamkorlik yo‘nalishlarini kelajakda yana bir bor uchrashib ishchi gurux shakllantirish va yo‘l xaritasini tuzish qelishib olindi.