Buxgalteriya hisobi

Bakalavr

Menejment

Bakalavr

Iqtisodiyot

Magistr

Menejment

Magistr

IQTISODIYOT

Tayanch doktorantura (PhD)

MANAGEMENT

Tayanch doktorantura (PhD)

Qabul-2024

Qo‘shma ta'lim dasturiga qabul boshlandi!

Indoneziya ta’lim universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturi talabalarga mahalliy va xorijiy malakali professor o‘qituvchilardan sifatli ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi. O‘zbekiston va Indoneziyaning eng nufuzli universitetlari tomonidan tashkil qilingan ushbu qo‘shma ta’lim dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar ikki universitetning oliy ma’lumot va malaka diplomiga ega bo‘ladilar.

Qo‘shma ta'lim dasturi haqida

Indoneziya ta’lim universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Shartnomaga asosan, bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha 3+1, Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 1+1, ta’lim olish tizimi asosida o‘qitiladi. Indoneziya Ta’lim universiteti ta’lim yo‘nalishlari mahalliy hamda Germaniyaning AQAS (Agency for Quality Assessment) tomonidan akkreditatsiya qilingan.
Indoneziya ta’lim universiteti QS World University of Ranking by Subject ning Top-300 talikdan o‘rin olgan bo‘lsa, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Times Higher Education (Impact Ranking) ro‘yxatida qayd etilgan.

IJDP bo‘ylab video sayohat!

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU)

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – O‘zbekistondagi liderlarni yetkazib beruvchi eng katta oliy taʼlim dargohi hisoblanadi. Universitetga 1931-yil 13-avgust kuni O‘rta Osiyo moliya-iqtisodiyot instituti nomi bilan asos solingan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining tarixiy nomlari — O‘rta Osiyo moliya-iqtisod instituti (1931 - 1936); Toshkent moliya-iqtisod instituti (1936 - 1963); Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (1963 - 1991); Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1991-yildan boshlab). Ayni kunda universitetda 5 ta fakultet, 9 ta qo‘shma taʼlim dasturi, magistratura va sirtqi bo‘limda 15 487 nafar talaba tahsil oladi. Ularga 512 nafar professor-o‘qituvchilar taʼlim beradi. Shundan 54 nafari fan doktori bo‘lsa, 153 nafarini fan nomzodlari va PhD darajasiga ega pedagog-xodimlar tashkil etadi.

Universitas Pendidikan Indonesia (UPI)

Ilgari o'qituvchilar kolleji bo'lgan Universitas Pendidikan Indonesia (UPI) keng qamrovli universitet bo'lib, hozirda ta'lim fanlari, gumanitar va ijtimoiy fanlar, nazariy va amaliy fanlar kabi turli sohalarni taklif etadi. Kengroq vakolatlarini hisobga olgan holda, UPI akademik hamjamiyatda nazariy va amaliy fanlarni o'zaro uyg‘unlashtirgan holatda ta’lim jarayonlarini tashkillashtirgan. O'zining global raqobatbardoshligini rivojlantirish uchun universitet etakchi va ustunlikni o‘ziga shior sifatida oldi. Etakchi degani, UPI ta'lim innovatsiyalarining ilg'or qismiga aylana olishini anglatadi. Shu bilan birga, ustunlik universitetning o'ziga xos xususiyatlari va mutaxassisliklari bilan mintaqaviy va jahon miqyosida taniqli oliy ta'lim muassasasi sifatida raqobatbardoshligini ko'rsatadi.

Kutilayotgan tadbirlar

There're no item that match your search criteria. Please try again with different keywords.

Ijtimoij tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring!