Bizni yaxshiroq biling!

IJDP haqida

IJDP haqida umumiy ma'lumot

TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti (IJDP) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Indoneziyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshiradi. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar ikki universitetning oliy ma’lumot va malaka diplomiga ega bo‘ladilar.

Hamkor universitetlar

Indoneziya ta’lim universiteti (Universitas Pendidikan Indonesia, UPI). TDIU va UPI o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra bakalavriat yo‘nalishlari 3+1, magistratura mutaxassisliklari esa 1+1 tizimi asosida o‘qitiladi. UPI ta’lim yo‘nalishlari mahalliy hamda Germaniyaning AQAS (Agency for Quality Assessment) agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan. QS World University Rankings by Subject 2026 reytingida UPI «Ta’lim» yo‘nalishi bo‘yicha jahonda 101-150-o‘rinlar oralig‘ida va Indoneziyada 1-o‘rinda turadi, QS Asia University Rankings 2026 reytingida esa 391-o‘rinni egallagan.

Padjadjaran universiteti (Universitas Padjadjaran, Unpad). 1957-yilda Bandung shahrida tashkil etilgan Unpad Indoneziyaning yetakchi davlat universitetlaridan biri. U QS World University Rankings 2027 reytingida 496-o‘rinni (2026-yilda 515-o‘rin) va Indoneziya universitetlari orasida 6-o‘rinni egallagan, QS Asia University Rankings 2026 reytingida esa 96-o‘rinda turadi. TDIU va Padjadjaran o‘rtasidagi qo‘shma ta’lim dasturi Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Times Higher Education Impact Rankings reytingida qayd etilgan.

Ta’lim yo‘nalishlari

  • Bakalavriat: Buxgalteriya hisobi, Menejment, Iqtisodiyot
  • Magistratura: Iqtisodiyot, Menejment
  • Tayanch doktorantura (PhD): Menejment

Ta’lim shakli – kunduzgi. Xorijiy talabalar yotoqxona bilan ta’minlanadi.

Diplomlar

Bitiruvchilar ikki diplomga ega bo‘ladilar:

  • Indoneziyadagi hamkor universitet (UPI yoki Unpad) diplomi;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti diplomi.

Bog‘lanish

Telefon: +998 88 177 67 37, +998 71 239 28 87
Elektron pochta: ijdp@tsue.uz
Manzil: Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 49
Telegram: t.me/ijdp_tsue