✍️ Xorij tajribasini o‘rganish va qiyosiy tahlil!

Innovatsion taʼlim kafedrasi TDIU va Universitas Pendidikan Indonesia xalqaro qo‘shma taʼlim dasturi hamda Korporativ iqtisodiyot va biznes tahlil kafedrasi bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy seminar tashkil etdi.

Seminar ishida “Modul-kredit tizimini tashkillashtirishda xorij tajribasini o‘rganish va qiyosiy tahlili” mavzusi muhokama qilindi. Professor –o‘qituvchilarining muntazam kasbiy o‘sishda interaktiv metodlar, pedagoglarning tahliliy, tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion metodikalar, mustaqil taʼlim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalardan foydalangan holda mashg‘ulotlar olib borish malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilarga Indoneziya taʼlim tizimi, yutuqlari va kredit modul tizimi bo‘yicha atroflicha maʼlumotlar berildi.

Telegram (https://t.me/tsueuzofficial) |Facebook (https://www.facebook.com/groups/tsue.uz/) |Instagram (https://www.instagram.com/tsue.uz_official/?hl=en) |YouTube (https://www.youtube.com/c/Tashkentstateuniversityofeconomics/featured?view_as=subscriber)