O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida
🔰 “MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” onlayn olimpiadasi o‘tkazilmoqda.
➡️ Tanlov ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi:
1️⃣-bosqich 2023-yil 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining olimpiada.edu.uz elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tgan talabalar o‘rtasida test savollari;
2️⃣-bosqich 2023-yil 10-mart kuni test natijalaridan saralab olingan 30 nafar talabalar bilan onlayn savol-javob tarzida amalga oshiriladi.
💻 G‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda.
Batafsil ma’lumot:
🌐 antimon.gov.uz (https://antimon.gov.uz/oliy-talim-muassasalari-talabalari-ortasida-otkazilayotgan-moliyaviy-savodxon-yosh-istemolchi-onlayn-olimpiadasi/) rasmiy sayti
📞 (71) 207-47-00 (321)