17-Noyabr – Talabalar Kuniga Bag‘ishlangan Bayram: Students Party!

TDIU-Pendidikan qo‘shma ta’lim dasturi talabalari 17-noyabr – Talabalar kunini haqiqiy shodiyona bilan nishonlashdi. Ushbu Students Party unutilmas lahzalarga boy bo‘lib, barcha ishtirokchilarga yorqin kayfiyat ulashdi. 💫

👑O‘yinlar va Zakovat: Tadbir qiziqarli o‘yinlar bilan boshlandi. Talabalar o‘z aql va iqtidorlarini sinab, do‘stona raqobatda birlashishdi. Har bir g‘olib talabaga maxsus sovg‘alar taqdim etildi.

📸Film va Suhbatlar: Film tomosha qilish va do‘stlar davrasida erkin muloqot qilish tadbirni iliqlik va samimiyatga to‘ldirdi. Kulgu va qiziqarli suhbatlar kechaga yanada mazmun bag‘ishladi.

🎂Mazali Piknik: Talabalar uchun tashkil etilgan mazali piknik esa tadbirning haqiqiy hitiga aylandi! Bir piyola issiq choy va mazali yeguliklar davrasida talabalar o‘zaro yaqinlashishdi.

Syurprizlar, quvnoq lahzalar va chinakam bayram muhiti – bularning barchasi talabalar kunini unutilmas qildi. Students Party talabalarning birdamligini va g‘ayratini yana bir bor namoyon etdi.🎉

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
✈️Telegram: @ijdpyoshlar
🌐Instagram: @upi_students