2023-yil 28-sentabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «Xon atlas-2023» milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Milliy qadriyatlarni o‘zida tarannum etuvchi liboslar o‘ziga xos zamonaviy ko‘rinishda avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda.  Mazkur tadbirda TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi Xotin-qizlar maslahat Kengashi a’zolari, ayol professor-o‘qituvchilar hamda talaba qizlar ishtirok etishdi. TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi Xotin-qizlar maslahat Kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirga milliy xunarmandchilik va milliy libos markazlari vakilalari taklif etildi. Ular tomonidan qo‘l mehnati asosida yaratilgan taqinchoqlar va liboslar tadbir ishtirokchilariga manzur bo‘ldi.
Tadbir davomida TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi talaba qizlar tomonidan o‘zbek milliy liboslari ko‘rgazmasi namoyish etildi.