Mazkur festivalning tantanali ochilish marosimi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tdi.
Festival doirasida sportning 5 turi – futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat bo‘yicha o‘quv yili davomida turnirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Unga jami 8 mingta talaba qamrab olindi.
Avvalgi bo’lib o’tgan musobaqalar bir martalik chempionat shaklida tashkil etilgan bo‘lsa, “Talabalar ligasi”da ishtirokchilar belgilangan sport turlari bo‘yicha professional mutaxassislar bilan ko’proq shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Ligani tashkil etish sportga qiziquvchi talaba-yoshlarni bir joyga jamlash hamda faoliyatini yo’lga qo’yishga yordam beradi. Qolaversa, talaba yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshirishga xizmat qiladi.