2024-yilning 2-fevral sanasida TDIU-Pendidekan qo`shma ta`lim dasturi “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasining 2023-2024 o‘quv yiliga mo‘ljallangan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga muvofiq ““O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari – tinchlik va osoyishtalik posboni”, “Temur tuzuklari”ning yoshlar tarbiyasiga ta’siri”, “Vatan ozodligi – oliy saodat” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etishdi.

Unda universitet professor o‘qituvchilari va talabalari, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar bugungi kunda yurtimizda yoshlar va harbiy xizmatchilar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, tinchlikning naqadar muqaddas va oliy ne’mat ekani, uni qadrlash har birimizning burchimiz ekani haqida alohida to‘xtalib, talaba yoshlarga kelgusi faoliyatlari mobaynida omad va zafarlar tilashdi.
Taklif etilgan mutaxassislar bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashga qodir bo‘lgan, harakatchan va puxta qurollangan qudratli kuchga aylanib borayotganligiga alohida urg`u berishdi.
Dunyoda yuzaga kelgan hozirgi murakkab vaziyatda Vatanimiz mustaqilligi va suvereniteti, uning hududiy yaxlitligini ta’minlash, eng qimmatli boyligimiz – jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash har birimizning fuqarolik muqaddas burchimiz ekanini ta’kidladi.