TDIU-Pendidikan fakulteti o’qituvchilari talabalar turar joyida

Navbatdagi tashrif davomida, qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Tashrif davomida qizlarning yashash sharoitlari, bo’sh vaqtlarida qanday mashg’ulotlar bilan band ekanliklari va muammolari o’rganildi.

Z.T. Umarova  tomonidan talabalar turar joyidagi talaba-qizlar bilan kiyinish madaniyati  va  sog‘lom turmush tarzi mavzusida  suhbat tashkil etildi.

Unda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, tozalik va ozodalikka e’tibor, to‘g‘ri ovqatlanish hamda jismoniy faollik sog‘liq uchun muhim omil ekani yuzasidan foydali tavsiyalar berildi. Tashrifdan  ko‘zlangan asosiy maqsad: talabalar turar joyida yashovchi qizlarga kiyinish va muomala  madaniyati, ahloqiy qadriyatlar hamda shaxsiy va umumiy gigiyena haqidagi bilimlarini kengaytirish. Shu bilan birga, yig‘ilgan qizlarga hozirgi vaqtda davlatimiz, xususan, Prezidentimiz alohida e’tibor qaratayotgan diniy qadriyatlarimizda ko‘zda tutilgan odob-axloq me’yorlari va qizlarning kiyinish odobi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.