TDIU hamda Indoneziya qo‘shma ta‘lim fakulteti tomonidan “Education-Science-Sustainable Development-Digitalization” nomli birinchi talabalar forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Indoneziya qo‘shma ta’lim fakulteti bilan birgalikda “Education-Science-Sustainable Development-Digitalization” nomli birinchi talabalar forumi  bo‘lib o‘tdi.

Ushbu talabalar forumining ochilish marosimida TDIU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G.Abdurahmanova so‘zga chiqib, bugun O‘zbekiston va butun dunyo oliy ta’lim tizimi inson faoliyatining iqtisodiyoti, ijtimoiy-gumanitar sohalari, balki butun sivilizatsiya oldiga qo‘yilayotgan jiddiy muammolarga to’xtalib o’tdi. Zamonaviy sharoitda mamlakat va hududning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ta’lim va fanning roli ortayotganligi e’tiborga sazovor ekanligi alohida ta’kidlandi.

Tadbirning asosiy qismida Dublin City University professori Abel Polese,  universitetning 2ta talabasi, Toshkentdagi Webster universiteti va Kimyo xalqaro universiteti talalabalari tomonidan “Education is the key to sustainable development”, “Innovation and Investment in Higher Education”, “E-learning platforms in Uzbekistan: current landscape and future directions”, “Redefining Responsible Consumption & Decent Work: Insights from the Second-Hand Industry in Tashkent” mavzusidagi taqdimotlari bilan qatnashdi.

Mazkur forum doirasida talabalar tomonidan yozilgan yuzlab maqola va tezislar qabul qilingan bo‘lib 50 dan ortiq taqdimotlar taqdim etildi. Forumga respublikamizning xorijiy va yetakchi universitetlari jumladan, Toshkentdagi xalqaro Westminister universiteti, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, Kimyo xalqaro universiteti, Toshkentdagi Webster universiteti, Inha universiteti talabalari ham faol ishtirok etishdi.

Birinchi talabalar forumidan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish, ularning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, talabalar orasidan yangi iste’dodlarni kashf qilish, yangi tadqiqotchilarni shakllantirish, “Ta’lim-fan-barqaror rivojlanish-raqamlashtirish” bo‘yicha zamonaviy, jahon tajribasidan o‘tgan innovatsion usullar asosida yana-da rivojlantirish, sohada paydo bo‘layotgan yangicha qarashlar, yangicha g‘oyalarni aprobatsiyadan o‘tkazishdan iborat bo’ldi. Barcha ishtirokchilar va munosib o’rinlar egallagan talabalar sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi, jarayon muvaffaqiyatli yakunlandi.