TDIU hamda Indoneziya qo’shma ta’lim fakulteti tomonidan “Talabalar rivojlanish hududi” tanlovi bo’lib o’tdi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kichik loyihalar tayyorlashda mustaqil ishlash ko’nikmalarini shakllantirish, iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantitish hamda professor-o’qituvchilar talabalar bilan yaqindan ishlash va qobiliyatlarini rivojlantirishga ko’maklashishdan iborat.
Tanlovda bakalavrning barcha bosqich talabalari qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldi hamda ishtirok etayotgan jamoa a’zolarining har biri o’zinining yangi qobiliyatlarini kash etishga, kommunikativ, va o’z ustida ishlash iste’dodini namoyon etishga yordam berai.
Tanlov jarayonida kichik loyihalar bir qator baholash kriteriyaridan iborat bo’lib loyiha maqsadlari, OTM va fakultet uchun tanlangan mavzuning dolzarbligi, universitet uchun loyihaning yangiligi, o‘ziga xosligi, erishish mumkin bo’lgan maqsadlari, aniq reja va natijalarning mavjudligi va boshqalar.
Tanlov yakunida guruhlar komissiya tomonidanadolatli baholandi va g’olib bo’lgan jamoalarga sertifikat va esdalik sovg’alari taqdim etildi.