Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 8-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun hamda 1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan TDIU “Zakovat”klubi tomonidan “IQtisodiyotQuiz” o’yini tashkil etildi.

Mazkur tadbirda TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi talabalari o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rdi. Mazkur tadbirni Yoshlar masaalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar departamenti rahbari Xayrullo Xasanov hamda Yoshlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi Shoxruh Boymurodov kirish so’zi bilan ochib berdi.
“IQtisodiyotQuiz” intellektual o’yinida jami jamoalar ishtirok etib, o’zaro kuch sinashishdi hamda quyidagi jamoalar g’oliblikni qo’lga kiritdi:
1 – o‘rin: «Milliy» jamoasi
2 – o‘rin: «Oxygen» jamoasi
3 – o’rin: «2-sostav» jamoasi
Bundan tashqari, universitetda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan “HANDMADE CLUB” jamoasi tomonidan ko‘rgazmali materiallar burchagi tanlovi tashkil etildi.
Shuningdek, Xalqaro turizm fakulteti tomonidan Konstitutsiyamizning 31 yilligi munosabati bilan davra suhbati o’tkazildi. Unda “Yangi Konstitutsiya – taraqqiyot qomusi” shiori ostida talaba-yoshlarga “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirilayotgani, unda jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olinganini ta’kidlab o’tdi. Qolaversa, inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar bir necha karraga ortayotgani, o‘z navbatida davlatning ham xalq oldidagi majburiyati bir necha baravarga ko‘payayotganiga alohida urg‘u berildi.
Shuningdek, tadbirda Konstitutsiyada tadbirkorlik faoliyati kafolatlarini kuchaytirish, bozor munosabatlarini rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoit yaratish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, adolatli soliq tizimini yo‘lga qo‘yish, monopolistik faoliyatni cheklash orqali tom ma’noda erkin bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun barqaror asoslar yaratilayotgani ham aytib o‘tildi