2024-yilning 21-yanvar kuni TDIUda o‘tkazilgan “Osh chempionati”da TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi talabalari munosib ishtirok etishdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talaba yoshlar iqtidorini yuzaga chiqarish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular ongiga milliy qadriyatlarimizni singdirish, dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish, qolaversa, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Osh chempionati”, “Rasmlar ko‘rgazmasi” va Xotin-qizlar maslahat kengashining “Modalar namoyishi” tadbirlari o‘tkazildi.
Unda universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlar va 1200 nafar talaba ishtirok etdi. Xususan, “Osh chempionati”da 65 nafar ishtirokchi online ro‘yxatdan o‘tdi va har biri turli usulda tayyorlagan palovi bilan ishtirok etdi. Osh tayyorlanish chog‘ida talabalar tomonidan bir qator milliy o‘yinlar, milliy qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi.
Rasmlar ko‘rgazmasida talaba yoshlar ijodi aks etgan, turli janrda chizilgan 100 ga yaqin suratlar ishtirok etdi.
“Modalar namoyishi”da universitet talabala qizlari ishtirok etdi va 100 dan ziyod milliy hamda zamonaviy uslubda tikilgan liboslar namoyish etildi.
Osh chempionati hamda ko‘rgazmalarda ishtirok etgan talabalar turli mominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi va pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.