Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Mazali somsa” pazandalik tanlovi o‘tkazildi. Bundan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlarni qiziqishlari bo‘yicha hunarga yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalar orasida o‘zaro hamjixatlik, do‘stlik rishtalarini mustahkamlashdan iborat.
Tanlovda 50 dan ortiq talaba-yoshlar 150 xil somsa tayyorlab, ishtirok etdi. G‘oliblar somsa xamiri, masallig‘i, ko‘rinishi va albatta gigiyenik talablarga rioya qilgan holda tayyorlanishiga qarab hakamlar xay’ati tomonidan xolis baholandi.
G‘oliblar pul mukofotlari hamda tanlovda ishtiroki uchun tashakkurnomalar bilan rag‘batlantirildi