Butun respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan Xonatlas festivali bugun millionlab ayollarning e’tiborini tortdi. Jumladan, ushbu festival Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Qizlar va ayollar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tomonidan tashkil etildi.Tadbirda barcha professor oʻqituvchilar, xodimlar va talaba qizlar milliy qadriyatlarimizdan biri – milliy liboslarda ishtirok etishdi.Festival doirasida barcha fakultetlarda shu jumladan TDIU hamda Pendidekan qo’shma ta’lim dasturi professor o’qituvchilari va talabalari bilan “Kiyinish madaniyati – millat ko’rki” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Undan koʻzlangan maqsad – milliy madaniyatimiz ko’zgusi va ko’rki bo’lgan milliy liboslarimizni talaba yoshlarga tanishtirish, ularning tarixi haqida ma’lumotlar berish hamda azaliy qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan atlas va adras matolarni milliy boyligimiz sifatida namoyon etishdir.
Shuningdek, universitet talaba qizlarida hamda ayol professor o`qituvchilarda milliy qadriyatlarimizga bo`lgan hurmat ehtiromni oshirishdan iborat. Tadbirda ishtirok etgan barcha talaba qizlar va ayol professor o`qituvchilar adras , atlas matolari haqida ko`plab ma`lumotga ega bo`ldilar. Shuningda tadbirda o`z mahsultolari bilan ishtirok etgan milliy hunardmandlarning ajoyib asarlarini tomosha qilish jarayonida ham ishtirok etdilar.