“Qizlarni oila va turmushga tayyorlash” va “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusida davra suhbati

2024-yilning 11-mart sanasida TDIU-Pendidekan qo`shma ta`lim dasturi “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasining 2023-2024 o‘quv yiliga mo‘ljallangan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga muvofiq “Qizlarni oila va turmushga tayyorlash” va “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etishdi. Davra suhbatida so‘z olganlar reproduktiv salomatlik, qizlarni oila qurishga tayyorlash va ularning tibbiy madaniyatini oshirish masalalariga to‘xtalib, nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishning afzalliklari, erta oila qurishning salbiy oqibatlari, ayrim xastaliklarning kelib chiqish sabablari yuzasidan talaba qizlarga tibbiy-psixologik maslahatlar berishdi.
Erta turmush qurish va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari haqida tibbiyot tilida batafsil ma’lumot berildi. Sog‘lom onadan sog‘lom bola dunyoga kelishi jamiyatning bir maromda bo‘lishi uchun muhim vosita ekanligi aytib o‘tildi.
Aholi orasida yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh oqibatida o‘limlar qayd etilayotganligi va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida targ‘ibot ishlari olib borilishiga qaramasdan, afsuski, bu holat takrorlanib bunday nikohlar natijasida nogiron bolalar tug‘ilishi kuzatilmoqda. Shu bois joylarda ushbu mavzuga oid targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish zarur ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Davra suhbati davomida talaba-qizlarimizning mavzu bo‘yicha tibbiy savodxonligini yanada mustahkamlandi. Mutaxassislar tomonidan hayotiy misollar keltirib o‘tildi va statistik ma’lumotlar taqdim etildi. O‘z navbatida tadbir qatnashchilari ham fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Ko‘tarilgan dolzarb mavzu yuzasidan atroflicha fikrlar bildirildi. Ishtirokchilar keng tushuncha va zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi