TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI – PENDIDIKAN XALQARO QO‘SHMA TA’LIM DASTURI FAKULTETI XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MASLAHAT KENGASHINING “SOG‘LOM VA TOZA YANGI KUN, OZODALIKDAN BOSHLANADI” MAVZUSIDA O‘TKAZILGAN SUHBAT

2025-yil 10-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Pendidikan qo‘shma ta’lim fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Xoldarova tashabbusi bilan “Sog‘lom va toza yangi kun- ozodalikdan boshlanadi” shiori ostida fakultetda faoliyat yuritayotgan ayol-farroshlar bilan ochiq va samimiy muloqat tashkil etildi. ularning mashaqqatli mehnatlarini alohida e’tirof etdi. Muloqot davomida F.Xoldarova fakultetimiz hududiga kirganimizda birinchi navbatda ko‘z o‘ngimizda farrosh, obodonlashtirish tizimida mehnat qilayotgan opa-singillarimizning ko‘rsatayotgan mehnatlari gavdalanadi. Ular bor ekan, ko‘chalarimiz, ish joyimiz toza, ozoda, turli chang va g‘uborlardan holi ekanligini ta’kidladi.
Tadbirning asosiy maqsadi – universitet hududi va binolarida tozalik va ozodalikka mas’ul bo‘lgan ayol-farroshlarning mehnatini qadrlash, ularning kundalik ish sharoitlari, ijtimoiy holati va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishish, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berishdan iborat bo‘ldi.
Muloqat davomida ayollar tomonidan ish joylaridagi mavjud sharoitlar, ish qurollari va vositalarining holati, mehnat xavfsizligi, sog‘liqni saqlashga oid masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi. Fakultet rahbariyati bu takliflarni e’tiborga olib, imkon qadar tez fursatda hal etish choralari ko‘rilishini ma’lum qildi.
Tadbir davomida farrosh ayollarning tozalik va poklikni ta’minlashdagi alohida hissasi, ularning halollik va fidoyilik bilan bajarayotgan ishlari alohida e’tirof etildi. Ayollarning mehnati sog‘lom turmush tarzining boshlanishi, talabalarga namunali muhit yaratishning asosi ekani ta’kidlandi. Aynan ular tufayli fakultet hududida toza va fayzli muhit shakllanmoqda.
Shuningdek, ularning ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan qatlami ya’ni boquvchisini yo‘qotgan, nogiron va nogironligi bor ayollar haqida ma’lumot olindi. Muloqot davomida Sagdullaeva Saodat, Turdalieva Fotima, Qobilova Nodiralar ijtimoiy himoyaga muhtoj emas ekanliklarini qayd etishdi.