TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI – PENDIDIKAN XALQARO QO`SHMA TA`LIM DASTURI BO’LIMI XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MASLAHAT KENGASHI TOMONIDAN O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI MUZEYDA O’TKAZILGAN TADBIR

2025-yil 30-yanvar kuni Xotin qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi F.Xoldarova hamda TDIU-Pendidikan Xalqaro qo’shma ta’lim dasturi bo’limi 1-bosqich talaba qizlari O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining tavallud kuni munosabati bilan Islom Karimov nomidagi muzeyga tashrif buyirdilar.
Buyuk daholar millatni millat, xalqni xalq qiladi. Vatanparvar yuragida o’ti bor, o’z hayotini millat hayotidan,o’z taqdirini millat taqdiridan ayro tasavvur qila olmaydigan, o’z kelajagini millatning kelajagida ko’radigan vatanparvar shaxslar bor ekan millat yashaydi, ravnaq topadi. Chunki bunday insonlar hech qachon o’sishdan, rivojlanishdan to’xtamaydi. Ular yuksakka parvoz etgani sari millat ham rivojlanib boraveradi.
Ular iqtidorli rahbar, kuchli siyosatchi, faol tashabbuskor bo’lishi mumkin, ammo ular, avvalo, Alloh nazari tushgan insonlardir. Bunday insonlar har qadamida, har bir nafasida, xalqning g’ami bilan yashaydi. Ular porloq istiqbol ulashish uchun bosh qotiradi, jon kuydiradi. Shu maqsad yo’lida bor kuch g’ayratini sarf qiladi. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A Karimov ham ana shunday favqulotda iqtidorli , tajribali mutaxxassis, kuchli siyosatchi, namunali raxbar edi. Insoniyat tarixi har kuni ham bunday shaxslar bilan to’lib- toshavermaydi. Mana shunday insonning aynan bizning yurtimizda tug’ilgani ham biz uchun ulkan saodat aslida. Butun boshliq o’zining g’alabasiga qo’mondonning mahorati ta’sir ko’rsatgani, halokat yoqasida turgan davlatning omon qolishiga davlat boshlig’ining birgina qarori sabab bo’lganiga tarix ko’p guvoh bo’lganini inobatga olsak, davlatimizning mustaqillikka erishishida I. Karimovning xizmatlari beqiyos bo’lgan.