2025-yil 17- yanvar kuni Kitobxonlik targ’iboti doirasida fakultet xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi F.Xoldarova, “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi katta o’qituvchi S.Boltayeva, fakultet tyutori N.Tadjibayeva hamda TDIU-Pendidikan xalqaro qo`shma ta`lim dasturi bo’limi 1-bosqich talaba qizlari Tashkent City Mall savdo markazida “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli jadidlarning ta’lim va maorif sohasidagi tashabbuslariga bag‘ishlangan multimedia ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi.
Ko‘rgazmada Germaniyaga o‘qishga yuborilgan turkistonlik talabalarning tarixi ochib berilgan. Maxsus “Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko‘rgazmasi uchun savdo markazidan 1400 kvadrat metrdan ortiq maydon ajratilgan.
Jadidchilik XX asr boshidagi zalvarli ijtimoiy-siyosiy va madaniy harakat sifatida Markaziy Osiyoni rivojlantirishda ustuvor rol o‘ynagan. Jadidchilik mintaqadagi ko‘plab muhim o‘zgarishlarga turtki yasab, bugungi kunda jamiyatga hamon o‘z ta’sirini o‘tkazishda davom etmoqda. Tarixning ushbu bobi bilim va taraqqiyotga intilish jamiyatni qanday o‘zgartira olishi, to‘siqlarni yengib o‘tishga ko‘maklashishi va porloq istiqbol sari poydevor yarata olishi mumkinligini namoyish etadi.
Namoyishdan tarix fanlari nomzodi Bahrom Irzayev tomonidan to‘plangan arxiv materiallari orqali o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi vizual va audio installyatsiyalar bilan ta’minlangan bir qancha bo‘limlar o‘rin olgan.
Ko‘rgazmaga tashrif davomida 73 nafar talabadan iborat jadidlar avlodining mintaqamiz madaniy-ma’rifiy merosiga qo‘shgan hissasiga munosib baho berib, ularning bilim va yuksaklikka intilishlaridan ilhomlandilar.
Unda nodir arxiv materiallari: maktublar, maqolalar va fotosuratlar ham namoyish etilgan. XX asrning birinchi choragida Turkiston jadidlari ta’lim-tarbiya jamiyat taraqqiyotining eng ishonchli vositasi, deb hisoblaganlar. “Taraqqiy”, “Najot”, “Shuhrat”, “Samarqand”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona” gazetalari hamda “Oyina” jurnali jamiyatni taraqqiyot yo‘liga olib borish maqsadida tashkil etilgan.
1922-yilning birinchi yarmida jadidlar yoshlarni chet ellarga ta’lim va madaniy almashinuvga tayyorlashda muhim rol o‘ynagan, ma’rifatparvarlik va milliy istiqlol g‘oyalarini yanada rivojlantirish uchun tayanch va minbar vazifasini o‘tagan “Ko‘mak” jamiyatini tuzgan.
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, tariximizdan xabardor qilishga chorlovchi bunday ko‘rgazmalar talaba-yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.
Jadidlar harakatlarini talabalarga kengroq va chuqurroq anglatish, shunday shaxslarga munosib avlodlarni shakllantirishda ajdodlar ruhiga muhabbat uyg’otishga bag’ishlangan tashrifimiz talabalar ongida olam-olam taassurot qoldirdi.
Tadbir so’ngida talaba qizlar jadidlik namoyodalariga virtual tarzda o’z tilaklarini estalik tarzida qoldirdilar va tashrif hammaning ongida so’nmas va iliq ta’surotlar qoldirdi.