TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI-PENDIDIKAN XALQARO QO`SHMA TA`LIM DASTURI BO`LIMI XOTIN-QIZLAR MASALALARI BOYICHA MASLAHAT KENGASHINING TALABA QIZLARI BILAN ODOB-AXLOQ KODEKSI YUZASIDAN DAVRA SUHBATI

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oliy talim muassasalari talabalari oqishini kochirish, qayta tiklash va oqishdan chetlashtirish tartibi togrisidagi Nizom, Vazirlar Mahkamasining 824-sonli Qarori, hamda universitetning Odob-axloq kodeksi yana bir bor tushuntirib otildi.
Shuningdek, universitet Odob-axloq kodeksining 11-moddasida universitetda kiyinish va tashqi korinishga oid qoidalar belgilab qoyilgan.
Universitet xodim, talaba va doktorantlari oz oqish va kasbiga mos zamonaviy kiyimda bolishlari lozim.
Universitet xodimi, talabasi va doktoranti bolgan xotin-qizlar diqqatni tortadigan, xususan, tanani shaffof korsatib turadigan, yelka, kokrak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda xaddan ziyod tor kiyimda, shuningdek, quloqchinlar, quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga turli zirak yoki metal buyumlar bilan, tanasining korinib turadigan qismida pirsing yoki tatuirovkada universitetga kelishlari mumkin emas. Shuningdek, turli din va konfessiya, submadaniyatlarga mansub libos, shu bilan birga sport kiyimi va poyabzallarida (universitet tomonidan tasdiqlangan uniforma bundan mustasno) kelish xam taqiqlanadi. Universitet xodimi, talabasi va doktoranti bolgan xotin-qizlarga ortiqcha pardoz (makiyaj) qilishga va romol orashga (yaqin insonlari vafot etganligi yoki sogligi bilan boglik holatlar bundan mustasno) yol qoyilmaydi.
Talaba-qizlar universitetga och rangli va yorqin rangda bolmagan bluzkalarda, tizzani yopib turadigan yubka yoki odmi kostyum va toq rangdagi poyabzalda kelishlari lozim, shuningdek, ozlari bilan zarur oquv vositalarini olib kelishlari shart.
Universitet xodimi, talabasi va doktoranti bolgan erkaklar oq, havorang, och jigar rang yoki och kulrang koylakda, klassik uslubdagi shim yoki talabga mos kostyum, galstukda va toq rangdagi poyabzalda kelishlari lozim hamda soqol ostirilgan holda universitet hududiga kirish taqiqlanadi. Bunda, talabalar ozlari bilan zarur oquv vositalarini olib kelishlari shart.
Xodim, talaba va doktorantlarning auditoriya va xizmat xonalarida ustki kiyim (plash, palto, kurtka kabilar)da yurishlari taqiqlanadi.
Xodimlar, talabalar va doktorantlarning tashqi qiyofasi va kiyimlari ozoda, pokiza bolishi lozim.
Xususan:
-universitetga belgilangan formada kelishi (ogil bolalar kostyum-shim va galstukda, qizlar esa ortiqcha etiborni jalb etuvchi kiyim va taqinchoqlarsiz);
-universitet hududida va dars mashgulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan foydalanmaslik;
-darslarni uzrli sabablarsiz qoldirmaslik, bir semestr davomida 74 soatdan ortiq qoldirgan talaba universitet talabalar safidan chiqarilishi;
-fanlardan akadem qarzdorlikni oz vaqtida bartaraf etish;
-dars mashgulotlariga oz vaqtida kelish va kechikmaslik;
-oqish uchun belgilangan kontrakt tolovlarini oz vaqtida amalga oshirish;
-turli diniy oqimlarga qoshilmaslik;
-asosiy stavkada ishlamaslik;
-universitet mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bolish va hokazolar tushuntirib otildi.
1-kurs IMN-51, IAC-51, 3-kurs IMN-65, IAC-61 guruh talabalari Ashurova Rano, Abdujabborva Bibihonim, Ortiqaliyeva Zilola, Abduqodirova Shahnoza, Turopova Shahzoda, Bahtiyorova Gulasallar bilan yuqorida keltirilgan universitetning ichki tartib intizom qoidalariga rioya etmasalar ularga nisbatan tegishli qatiy choralar qollanilishi hamda universitet talabalari safidan chetlashtirilishi togrisida qiz talabalarimizni ogohlantirildi va bayonnoma rasmiylashtirildi.