2024-yil 14-noyabr kuni TDIU xotin-qizlar masalalari boʻyicha kengash raisi Gulnora Ibragimova hamda TDIU-Pendidikan xalqaro qoshma ta’lim dasturi bo’limi xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi F.Xoldarova bilan hamkorlikda TDIU-Pendidikan xalqaro qo’shma ta’lim dasturi bo’limi 7-sonli talabalar turar joyida talaba qizlar o’rtasida “Pazanda qizlar” tadbiri o’tkazildi.
Ushbu tadbirda talaba qizlar faol ishtirok etishdi. Qizlar o’zlarining kulinarlik mahoratlarini namoyish qilib, turli mazali taomlar tayyorlashdi va bir-birlariga mehr ulashishdi. Tadbir davomida faol qatnashgan talabalarga estalik sovg’alari ham taqdim etildi.
TDIU xotin-qizlar masalalari boʻyicha kengash raisi Gulnora Ibragimova, Xotin-qizlar masalalari bo’yich dekan maslahatchisi F.T.Xoldarova, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha bo’lim boshlig’i o’rinbosari S.B Shukurullayeva va tyutor N.G Tadjibayevalar jamoalarga holisona baxolarini berishdi.
Sog‘lom va farovon turmushni shakllantirishda oila bekasini rolini chuqur anglab etgan qiz bolagina ruhan oila qurishga tayyor bo‘ladi. Shuning uchun turmush qurishdan oldin bir narsani o‘ylab ko‘ring. Er bosh bo‘lsa ayol bo‘yin, shu bo‘yin boshni qayoqqa bursa bosh o‘sha yoqqa qaraydi. Agar boshni to‘g‘ri tutib, kerakli tomonga yo‘naltira olgan bo‘yini duru gavharlar bilan bezashadi. Demak bir oilani sevimli bekasi, epli kelini bo‘lish o‘z qo‘lingizda ekan, farovon turmush qura olishingizga avvalom bor o‘zingizni ishontiring va ishoning. Shundagina qizlar baxti sari ilk katta qadam tashlagan bo‘lishadi.