Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Indoneziya ta’lim universiteti o‘rtasida tashkil etilgan, xalqaro qo‘shma talim dasturi magistr bitiruvchilarining tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida hamkor oliygoh rektori prof. Solehudden Hadik Jayasasmitaga TDIUning “Faxriy professor” unvoni berildi. Unvonni universitet rektori To‘lqin Teshabayev tantanali ravishda topshirdi.