2024-yil 21-oktabr kuni TDIU-Pendidekan qo`shma ta`lim darsturш bo’limi xotin-qizlar masalalarri bo’yicha dekan maslahatchisi F.Xoldarova va kafedra katta o’qituvchisi tomonidan 6-sonli TTJda “Jamiyatda ayol o`rni” nomli munozara debat o`tkazildi. Davra suhbatini F.T.Xoldarova kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Dunyoning ko`plab rivojlangan davlatlari qatorida O`zbekiston Respublikasida ham ayollar va bolalarga bo`lgan e`tibor – ularning jamiyatdagi va davlat boshqaruvidagi o`rnini mustahkamlashning davlat siyosati darajasigacha ko`tarilayotganida namoyon bo`lmoqda. Har qanday jamiyatning rivojlanishida muhim rol kasb etadigan tarbiya masalasi oiladan shakllanadi. Oila esa o`z navbatida, undagi er-hotin, ota-ona bilan farzand o`rtasidagi munosabatlarning maskanidir. Shunday ekan bir –biriga bog`liq bo`lgan munosabatlar zamirida jamiyatni tashkil qiluvchi SHAXS shakllanadi. Tarbiya va ayolning oiladagi o`rni masalasida ko`plab uzundan uzoq isbotini allaqachon amalda k`orasatayotgan misollarni kelrirish mumkin. Hususan, O`zbekiston Respublikasining gender tengligi bo`yicha olib borayotgan siyosati, davlat boshqaruvida xotin-qizlarga ko`plab imkoniyat eshiklarini ochadi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi tashkil qilingan. Respublikamiz Kontitutsiyasi 46- moddasi bilan xotin-qizlar erkaklar bilan teng huquqliliklari belgilab qo`yilgan bo`lib, ularni ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalardagi faoliyatlari qonun bilan himoyalangan.
Bugungi globallashuv jarayonida yangi avlodning har qanday sharoitga nisbatan faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalasida xotin-qizlarning o’rni va roli har qachongidanda muhim. Shu bois islohotlarning asosiy mazmuni ham xotin-qizlarning yangi g’oya va tashabbuslar bilan chiqishlarini qo’llab-quvvatlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, o’zgarishlar va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ularning faol ishtirok etishlarini ta’minlashdan iborat. Zero, inson qadrini ulug’lash, avvalo, ayolga hurmat va ehtirom, mo”tabar onalarimizni e’zozlash, munis opa-singillarimizni qadrlash orqali ro’yobga chiqadi, desak ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz.
Ta’kidlash joiz, bugungi kunda Yurtboshimiz boshchiligida Yangi O’zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini bunyod etish sari dadil qadamlar qo’ymoqdamiz. Binobarin, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ayollarning baxti asosiga qurilmoqda, desak adashmagan bo’lamiz deb aytib o`tdilar.
Munozaraning asosiy qismiga o`tildi va talabalarning fikrlari va ularning bugungi mavzuga bo`lgan qarashalari haqida so`raldi. “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi assistenti M.Xudoyorova so`zga chiqib “Ayol, avalambor, ona, farzandlariga chiroyli tarbiya, goʻzal xulq berish – ularning kasbi. Maqomi, martabasi shu bilan oʻlchanadi. Binobarin, mamlakat taqdiri shunga bogʻliq. Mamlakatimizda ayol qadrini yuksaltirish borasida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar, albatta, bu borada huquqiy asoslar yaratilganligi va muntazam takomillashtirib borilayotganligi bilan hal qiluvchi ahamiyatga egaligi, Xususan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida «Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar» deb belgilanganligi mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi rolini oshirish borasidagi tizimli islohotlar haqida gapirib o`tdi.
So`ngra talabalarga professor Karlov tomonidan yozilgan “Jamiyatda ayol o`rni” nomli maqolasi tarqatildi, maqolani o`qib bo`lib keyingi ya`ni savollar qismiga o`tildi. Talabalar maqolani o`qib o`zlarining fikrlarini birma-bir bayon qilishdi.
Munozara juda qizg`in davom etdi va talabalar har bir berilgan savolga javob bera turib uning avzallik va kamchilik tomonlari haqida ham misollar keltirib javob berishdi. Uchrashuv so`ngida talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.