2024-yil 25-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “TDIU-Pendidikan qo‘shma ta’lim” dasturi bo’limi va universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “25-noyabr-Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni” munosabati bilan muhim tadbir tashkil etildi.
Tadbirni universitet xotin-qizlar maslahati kengashi raisi, prof. G. Ibragimova hamda dekan maslahatchisi F. Xoldarovalar olib bordilar.
Tadbirda taklif qilingan maxsus mehmonlar quyidagilar:
- Chilonzor tumani IIO FMB 2-son IIB HPB inspektori leytenant Diyora Raimova;
- Yunusobod tumani IIO FMB 5-son IIB XQMB inspektori leytenant Nargiza Islamova;
- Chilonzor tumani IIO FMB 2-son IIB HPB profilaktika inspektori podpolkovnik Sh.Z. Mirzayeva.
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalanish kafolatlari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ayni kunlarda “Zo‘ravonlikka qarshi-16 kun” aksiyasining Respublika miqyosida davom etayotganligi, 25-noyabrning har yili butun dunyo miqyosida shuningdek, O‘zbekistonda ham “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” sifatida keng miqyosda nishonlanayotganligi haqida gapirdi. Ayollarga qilinayotgan e’tirof va e’tibor, oliy ta’lim muassasalarida qabul kvotalarining orttirilganligi, sirtqi, maxsus, maxsus-sirtqi kurslarning yana ham kengaytirilganligi, ayollarning huquq erkinliklari kengaytirilganligi haqida gapirdi. Qonunning 1-moddasi ushbu qonunning maqsadi xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi haqida gapirdi. Gender tengligi – bu ayollar va erkaklar o‘rtasida huquqlar, imkoniyatlar va majburiyatlar tengligidir. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. (2-modda) Shunga qaramasdan, hozirgi vaqtda oilaviy ajralishlarning ko‘payishi, ayollar o‘rtasida suitsid holatlarining ko‘payishi, qizlar o‘rtasida buzilish holatlarining kuzatilishi ko‘p uchramoqda. Ayollarimiz orasida ruhiy zo‘ravonlikka — xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning sha’nini, qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek ularning xohish-irodasini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalanadigan zo‘ravonlik shakli, shu jumladan reproduktiv sohada nazorat qilish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchida o‘z xavfsizligi uchun xavotir uyg‘otgan, o‘zini himoya qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazgan harakatlarning oramizda uchrab turishi haqida gapirdilar. Shukronalikning bo‘lmasligi, yaratilib berilayotgan sharoitlarga ko‘nikmaslik, qaynona-kelin munosabatlari, er-xotin munosabatlari ning sabablari ko‘p hollarda shularga sabab bo‘lmoqda.
Tadbir davomida xotin-qizlarni huquqiy himoyalash, tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashning dolzarb masalalari yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi. Qatnashchilar uchun foydali va ta’sirli bo‘lgan ushbu tadbir xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini ta’minlash borasida muhim qadam bo‘ldi.