Yurtimizdagi qizlami har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilalami mustahkamlash va xotin-qizlaming faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21 -dekabrdagi PQ-401 -son Qarorida oila institutini mustahkamlash hamda xotin-qizlami qo‘llab-quvvatlash borasida alohida vazifalami belgilanganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son Qarori ijrosini ta’minlash hamda 11-oktyabr – Xalqaro qizlar kunini yuqori saviyada o‘tkazish hamda qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Iqtisodiyot va Menejment” kafedrasi va Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tomonidan “Xalqaro qizlar kuni munosabati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda mehmon sifatida TDIU “Yashil Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari doktori (DSc) Ruzieva Dilobar Isomjonovna TDIU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komolayens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi, bosh mutaxasisi Hamidova Shohsanam G’aniyevna.
Tadbirni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Yashil Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari doktori (DSc) Ruzieva Dilobar Isomjonovna ochib berdi va so‘zni TDIU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komolayens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi, bosh mutaxasisi Hamidova Shohsanam G’aniyevnaga berildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyusiyasiga asosan 11-oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” deb e’lon qilingan. BMTga a’zo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli tuzilmalariga ushbu kunni keng miqyosda nishonlash, shuningdek butun dunyoda qizlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish tavsiya etiladi. Shuningdek, mazkur sana har yili butun jahon bo‘yicha qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga e’tibor qaratish maqsadida ham nishonlanib kelinmoqda. Bu muammolarga majburiy nikoh, qizlarning ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishlarini ta’minlash hamda zo‘rovonlik holatlarining oldini olish kiradi.
O‘zbekistonda izchil amalga oshirib kelinayotgan islohotlar doirasida qizlarimiming har tomonlama yetuk va barkamol shaxslar sifatida ulg‘ayishlari uchun barcha shart-sharoit, imkoniyat va imtiyozlarni yaratib berish, ularning har bir 2 sohadagi qiziqishlarini yanada rag‘batlantirish, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tengdoshlari o‘rtasida hamkorlik va tashabbuskorlik muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlami jahon hamjamiyati ham e’tirof etmoqda.
Xususan, qizlaming ta’lim-tarbiya olishlari, kasb-hunar egallashlari, ulaming ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish masalalari davlatimiming doimiy yuksak e’tiborida turibdi.
Bulardan ko‘zlangan maqsad esa – erkin va farovon jamiyatni barpo etishda yuksak ma’naviyatli, mustaqil fıkrlaydigan, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir qizlami tarbiyalashdir.
So‘ngra so‘z tadbir mexmoni TDIU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komolayens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi, bosh mutaxasisi Hamidova Shohsanam G’aniyevnaga berildi va kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi. Ma’ruzachi o‘z taqdimotida bugungi kunda xotin-qizlar o‘z huquqlarini bilmasliklari oqibatida kelib chiqayotgan zo‘ravonliklar, jamiyatimizda ayollarga bu borada ko‘proq ma’lumot berilishi kerakligi, har qanday zo‘ravonlikka qarshi kurashda ayollar qonun bilan himoyalanishlari kerakligiga urg‘u berdi. Bundan tashqari, oilaviy mojarolarni hal qilishda samosudlar, suisidlarning oldini olish kerakligi ham bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri sifatida qaralayotganligi masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Shuning uchun ta’lim muassalarida yoshlar orasida Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklarni, oilada vujudga keladigan turli hil nizolar va ziddiyatlarni oldini olish maqsadida tushintirish va profilaktik ishlarni olib borish masalasi o‘ta dolzarb hisoblanadi deb ta’kidlab o‘tdilar.
Shuningdek qizlarni yangi hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, oilalarni mustahkamlash asosiy maqsad qilib olindi. Bundan tashqari, erta nikoh oqibatlari haqida ham tushunchalar berildi. Xususan, ijtimoiy muhitning o‘ziga xos jihatlari, individning fe’l-atvori, xarakter xususiyatlari, ijtimoiy me’yorlar va shaxs o‘rtasidagi ziddiyatlar hamda ularning zo‘rayib borishi, voyaga yetmaganlarga xos bo‘lgan impulsivlik xususiyatlari, affektga moyillik va uning oldini olishga qo‘yiladigan psixologik talabalar haqida fikr yuritildi. Universitet Xotin-qizlar kengashi a’zolari ham yig‘ilganlarga mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Tadbir dolzarb muammolarning yechimi sifatida bir qancha takliflar, bahs-munozaralarga boy tarzda kechdi.