2025-yil 10-iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida an’anaviy tarzda tashkil etiladigan “Rektor kubogi” sport musobaqalari universitetning Yunusobod tumanidagi sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa universitet professor-o‘qituvchilari va texnik hamda boshqaruv xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylikni mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda universitet jamoasi o‘rtasidagi do‘stona muhitni yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazildi:
- Stol tennisi – erkaklar va ayollar o‘rtasida
- Badminton – ayollar o‘rtasida
- Shaxmat – erkaklar o‘rtasida
- Shashka – ayollar o‘rtasida
Ayollar o‘rtasida olib borilgan shashka musobaqqalarida S.Boltayeva, S.Abirkulova hamda M.Xudoyorovalar fakultet a’zosi sifatida faol ishtirok etishdi.
Tadbir universitet rahbariyati vakillari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda barcha qatnashchi xodimlar ishtirokida ochiq va ko‘tarinki ruhda boshlandi. Musobaqalar adolatli hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.
Sport bellashuvlari davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va strategik fikrlash qobiliyatlarini namoyon qilishdi. Har bir yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Musobaqa yakunida barcha ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlash va sport bilan muntazam shug‘ullanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tadbir ishtirokchilari bunday tashabbuslarning nafaqat jismoniy salomatlik, balki kasbiy jamoaviylikni oshirishdagi ahamiyatini alohida e’tirof etishdi.