Davra suhbatini TDIU-Pendidikan qo‘shma ta’lim bo‘limi boshlig‘i S.Yangiboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi
“Turli madaniyatga mansub aholi vakillari o‘zaro ahil-inoq yashab kelayotgan O‘zbekistonda milliy va diniy bag‘rikenglik hukm surmoqda. Bag‘rikenglik turli millat va elatga daxldor kishilarning, turli xil diniy e’tiqodli insonlarning bir zamin, yagona Vatan, bir yurtda, bir hududda oliyjanob g‘oya, orzu-umid, maqsad va niyatlar yo‘lida hamkor, hamfikr va hamjihat bo‘lib yashashni anglatadi.” hisoblanishi haqida so‘z yuritdilar.
So‘z navbati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari s.f.d., prof. Jurayev Qodir Asadovich ga berildi.
“Dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi, u halollik, tinchlik, yaxshilik va do‘stlik kabi bir qancha ezgu fazilatlarga tayanadi. Insonlarni halollik va poklik, mehr-oqibat, insonparvarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi”.