“Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning yo‘llari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 6-sonli talabalar turar joyida “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning yo‘llari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti psixologi  Muxamedjanova Ruxsora , shuningdek, professor – o‘qituvchilar, tyutorlar va  talabalar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida tadbir mehmonlari tomonidan maʼruzalar qilindi. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar qatorida huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik va ularni oldini olish borasida qator ishlar olib borilayotganligi, mazkur uchrashuv mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy madaniyatimizga yot bo‘lgan zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratilganligini alohida ta’kidladilar.

Tadbirda talaba-yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.