Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti TDIU Penindikan qo’shma ta’lim fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi F.Xoldarova tomonidan talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlariga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida talabalar holidan xabar olindi. Talaba qizlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari hamda muammolari o’rganildi.
Shuningdek, ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirish hamda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish masalalari bo’yicha ham tavsiyalar berildi.