🎉 “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalanish kafolatlari” mavzusida muhim tadbir tashkil etildi

🗓2024-yil 25-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “TDIU-Pendidikan qo‘shma ta’lim” dasturi va universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni” munosabati bilan muhim tadbir tashkil etildi.

📌Tadbir mavzusi:
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalanish kafolatlari”

👩‍🏫Tadbirni universitet xotin-qizlar maslahati kengashi raisi, prof. G. Ibragimova hamda F. Xoldarova olib bordilar.

🎖Maxsus mehmonlar:
• Chilonzor tumani IIO FMB 2-son IIB HPB inspektori leytenant Diyora Raimova
• Yunusobod tumani IIO FMB 5-son IIB XQMB inspektori leytenant Nargiza Islamova
• Chilonzor tumani IIO FMB 2-son IIB HPB profilaktika inspektori podpolkovnik Sh.Z. Mirzayeva

💬Tadbir davomida xotin-qizlarni huquqiy himoyalash, tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashning dolzarb masalalari yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi. Qatnashchilar uchun foydali va ta’sirli bo‘lgan ushbu tadbir xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini ta’minlash borasida muhim qadam bo‘ldi.

📣TDIU-Pendidikan qo‘shma ta’lim dasturi Xotin-qizlar kengashi maslahati