Bugun TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim bo‘limi maruzalar zalida “Adolatli saylov adolatli jamiyat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatini TDIU-Pendidikan qo`shma ta`lim bo`limi boshlig`i S.Yangiboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi “ Farovon jamiyatimizda har bir inson o‘zi tanlov qilishi va uni ro‘yobga chiqarish huquqiga ega ekanligini, har bir fuqaroning teng saylov huquqi va ovoz berish shaffofligi kafolatlari qonunchiligimizda mustahkamlab qo‘yilgan.
Qonunchiligimiz barcha fuqarolarning manfaatlarini davlat organlarida to‘laqonli ifodalanishini taʼminlash uchun shaffof va adolatli saylov jarayonini yaratishga qaratilgan. Zero, saylov tizimi xalq suverenitetining haqiqiy quroli, bunda har bir ovoz muhim va mamlakat kelajagiga taʼsir ko‘rsatadi.
So`z navbati yuridik fanlari nomzodi, dotsent Yo`ldasheva Feruzaga berildi. Feruza Yo`ldasheva so‘zga chiqib, Saylovlar – fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini taʼminlovchi siyosiy huquqi sanaladi, saylov huquqi sohasidagi tamoyillar va standartlar 1948 yildagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida aks etmagan. Qolaversa, hozirda erkin saylov tashkil qilinishi va o‘tkazilishini taʼminlash sohasida 20 dan ortiq universal va mintaqaviy xalqaro shartnomalar amal qilishi haqida ta’kidlab o`tdi.
Tadbir davomida, saylovchi – saylov jarayonining asosiy ishtirokchisi, chunki u Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari bilan birgalikda Oʻzbekiston xalqini tashkil etadi hamda hokimiyatning birdan-bir manbai hisoblanadi. Ovoz berishda ishtirok etish orqali davlat hokimiyati va mahalliy vakillik organlarini, saylangan mansabdor shaxslarni tegishli hokimiyat vakolatilari haqida ma`lumot berib o`tildi.
Fuqarolar ham saylash huquqini amalga oshirishlari uchun davlat tomonidan yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanib, o‘z huquqidan faol foydalanishi, mamlakat kelajagiga befarq bo‘lmasligi lozim.