Ilm bebaho boylik, uni egallash oson ish emas. Ulamolar ilm olishni igna bilan quduq qazishga o’xshatishgan. Inson shunday bebaho xazinaning sohibi bo’lishida ustozning o’rni beqiyos.
Shu boisdan “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi professor o`qituvchilari tomonidan mana shunday ulug’ kunga bag’ishlangan ma`naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning bosh mavzusi bugungi kunda ustoz va shogird munosabatlari ta`lim jarayonida olib borilayotgan islohotlar va ularning amaldagi ko`rinishi haqida bo`ldi.
So`z navbati O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, taniqli jurnalist Ozoda Bekmurodova berildi. Ozoda Bekmurodova so‘zga chiqib, “O’qituvchi – mas’uliyatli va mashaqqatli kasb, og’ir va davomli mehnatni, sabr-toqatni talab qiladigan savobli ish. Insoniyat kamoloti uchun bugun bilimi, iqtidori va hayotini baxsh etgan ustozlarning xizmatlarini hamma zamonlarda ham kishilar hurmatlab, o’zlarini esa e’zozlab kelishgan. Ustoz o’zidan keyin har bir insonning hayotida sezilmas, ammo juda muhim iz qoldiradi. Shu birgina so’z zamirida olam-olam ma’no va hurmat mujassam. Mashhur insonlarning aynan yuqori cho’qqilarga erishishlari ham ustozlarning beqiyos zahmatidir. Mazkur kasb azal-azaldan jamiyat uchun eng muhim hamda kerakli qadimiy kasb hisoblanadi.
Tadbir yakunida barcha qatnashgan o`qituvchi-professorlar va talabalar o`zlarining barcha qizitirgan savollariga javob oldilar. Mehmonimiz tomonidan berilgan maslahatlar va takliflar jamoa hayotida yaxshi tassurot qoldirdi.