“SOCIAL MEDIA MARKETING AND COMMUNITY ENGAGEMENT” MAVZUSIDA MAHORAT DARSI

TDIU–Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi fakultetida 3-bosqich IMN-51, IMN-52 va IMN-53 guruhlari talabalari uchun “Social Media Marketing and Community Engagement” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsiga marketing sohasi mutaxassisi Kamal Uteniyazov taklif etildi. U BlumArchStudio kompaniyasida CMO va biznesni rivojlantirish bo‘limi rahbari, GoJeMedia loyihasi asoschisi, shuningdek, Arzum Hotel va The Top Hostel mehmonxonalarining marketing mutaxassisi sifatida faoliyat yuritadi. Mahorat darsi PhD, v.b. dotsent Ablatdinov S.A. tomonidan tashkil etildi.

Tadbir davomida spiker ijtimoiy tarmoqlar marketingining zamonaviy imkoniyatlari, brendlarni raqamli platformalarda samarali targ‘ib qilish, kontent strategiyasini ishlab chiqish hamda auditoriya bilan samarali muloqot o‘rnatish masalalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, hamjamiyat shakllantirish, mijozlar sodiqligini oshirish, auditoriya faolligini ta’minlash va ijtimoiy tarmoqlarda uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘zining amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Mahorat darsi interaktiv tarzda tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda marketing sohasidagi real amaliy tajribalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi – zamonaviy mutaxassislar tayyorlashning muhim omilidir! 📱