Oldin xabar qilganimizdek, TDIU vakillaridan iborat deligatsiya amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib qaytdi. Tashrif davomida Missuri davlat universitetini akademik tanishtiruv dasturiga asosan, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Dr. Jim Baker bilan muloqotda bo‘lishdi.
Dr. Jim Baker Missuri davlat universiteti ilmiy salohiyati (77 foiz), Phd va DSc bosqichidagi dissertatsion tadqiqotlarni tashkil qilish, AACSB milliy akkreditatsiya tizimi faoliyatiga oid maʼlumotlar bilan tanishtirdi.