✍️ Masachusets texnologiyalar instituti bilan TDIUni xalqoro reyting mezonlari asosida rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

AQSHga bo‘lgan amaliy tashrifning navbatdagi kunida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti delegatsiyasi aʼzolari AQSHning QS WUR reytingi bo‘yicha (1-o‘rin) dunyoning eng nufuzli oliy taʼlim muassasasi bo‘lgan Masachusets texnologiyalar institutida (MIT) bo‘ldilar.

MITdagi tashrifi davomida MIT vitse prezidenti Richard Lester va Haynes Miller ishtirokida yakuniy kelishuvlar amalga oshirildi.

Jumladan, TDIUni xalqoro reyting mezonlari asosida rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda metodik maslahatlar olinib, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tashkil qilishga kelishib olindi.