Indoneziya taʼlim universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o’rtasida qoʼshma taʼlim dasturini tashkil etish bo’yicha shartnoma imzolandi.
Shartnomaga asosan, bakalavr yoʼnalishlari bo’yicha 2+2, Magistratura mutaxassisliklari bo’yicha 1+1, taʼlim olish tizimi asosida o’qitiladi. Indoneziya Taʼlim universiteti taʼlim yo’nalishlari mahalliy hamda Germaniyaning AQAS (Agency for Quality Assessment) tomonidan akkreditatsiya qilingan.
Indoneziya taʼlim universiteti QS World University of Ranking by Subject ning Top-300 talikdan oʼrin olgan boʼlsa, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Times Higher Education (Impact Ranking) roʼyxatida qayd etilgan.
Mazkur qo’shma taʼlim dasturiga 2022-2023 o’quv yili uchun quyidagi yoʼnalishlar bo’yicha qabul eʼlon qilinadi:
Bakalavriat:
1. Buxgalteriya hisobi
a. Marketing
b. Iqtisodiyot
v. Moliya
2. Menejment
a. Inson resurslarini boshqarish (HRM)
b. Marketing
v. Menejment
Magistratura:
1. Iqtisodiyot
a. Marketing
b. Moliya
2. Menejment
a. Inson resurslarini boshqarish
b. Marketing
v. Menejment
Tayanch doktorantura (Ph.D.):
1. Iqtisodiyot
2. Menejment
🎓 O’qitish shakli kunduzgi, oʼqish uchun shartnoma miqdori (Bakalavr va Magistratura uchun bir xil mikdorda) $1.500 АQSh dollari. Xorijiy talabalar yotoqxona bilan taʼminlanadi.
O’qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar ikki universitetning oliy maʼlumot va malaka diplomiga ega boʼladilar:
1. Indoneziya Taьlim universiteti diplomi;
2. Toshkent davlat iqtisodiet universiteti diplomi;
Hujjat topshirish:
2022 yil 15 sentyabrga qadar.
Kirish imtihonlari:
2022 yil 20 sentyabrda.
O’quv yilining boshlanishi:
2022 yil 1 oktyabrdan.
Bizning manzil:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Islom Karimov koʼchasi, 49 uy.
Toshkent, O’zbekiston
Telefon: +998712392920 / +998881776737 / +998909310900