1983 yil 1 oktyabrda G‘afur G‘ulom uy –muzeyi ochilgan.
(Arpapoya ko‘ch, 1) – adabiy memorial muzey. 1944-66 yillarda shoir yashagan va ishlagan uyda 1983 yil 1 oktyabrda ochilgan. Muzey fondida 11000 dan ortiq eksponat bor (2009). Muzey ikkita binoda joylashgan. Yangi bino 2003 yilda G‘afur G‘ulomning 100 yillik yubiley arafasida qurilib, 2004 yil 10 mayda foydalanishga topshirilgan. Yangi binoda G‘afur G‘ulomning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beradigan fotosuratlar, buyumlar, uy jihozlari , kitoblar, uyning kichkina maketi va sh. k. saqlanadi. Memorial qismi 2 qavatdan iborat. Birinchi qavatda bolalar xonasi , yotoqxona, kichik ijodxona, ikkinchi qavatda esa milliy ruhda bezatilgan mehmonxona va katta ijodxona aks ettirilgan. Bu qismdagi eksponatlar, asosan, G‘afur G‘ulom ishlatgan yozuv qurollari, kitoblar va buyumlarni tashkil etadi.
2023 yil 26 yanvar’ kuni bo‘limimiz talabalari, t’yutor S.Shukurullaeva G‘ofur G‘ulom uy muzeyiga tashrif buyurdi. Talabalar tashrif chog‘ida o‘zlari qiziqgan barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi va katta tassurot bilan qaytishdi.