Buyuk shoir, mutafakkir, so‘z mulkining sultoni, davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi munosabati bilan poytaxtimizning “Adiblar xiyoboni” majmuasida xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati va talaba-yoshlari tomonidan Hazrat Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yilib, hurmat bajo qilindi.
Alisher Navoiy o‘zbek adabiyoti va madaniyati, qolaversa, jahon tarixidagi ulug‘ siymolardan biridir. Xotira tadbirida ishtirok etganlar g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari va u zotning nafaqat turkiy, balki butun dunyo adabiyotidagi katta o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi.