Assalomu alaykum, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining qadrli jamoasi va hurmatli talabalar!

Sizlarni Bosh qomusimiz – Vatanimiz Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan samimiy qutlayman.

Mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yoʻlida olib borilayotgan odil islohotlarimiz bardavom boʻlsin. Zero, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinishi ham bu yoʻlda asosiy qadam boʻldi.

Osoyishta va farovon hayotimiz bardavom boʻlishi, yurtimiz kundan-kunga yuksalishida biz – oliy ta’lim muassasalari vakillari, shu jumladan iqtisodchilar, har birimiz mas’ulmiz. Bu yoʻlda tinimsiz izlanishdan toʻxtamaymiz.

Yana bir bor barchamizga bayram muborak boʻlsin!

Qoʻngʻirotboy Sharipov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori