“Garant Bank” AK xodimlari tomonidan TATU talabalari uchun “BANK BOSHQARMASIDA MARKETINGNING O‘RNI” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Joriy yilning 24 aprel kuni “Garant Bank” AK Marketing departamenti xodimlari tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “TDDU-Pendidikan” xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazildi va bankda amaliyot o‘tash imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

 Shuningdek, talabalar marketingning asosiy tushunchalari va uning ishlash tamoyillari bilan tanishtirildi, shuningdek, ushbu sohadagi shaxsiy tajribalari haqida gapirib berdi.

Xodimlar bankning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun samarali marketing muhimligini ta’kidlab, muvaffaqiyatli kampaniya va strategiyalardan misollar keltirdilar.

Mahorat darsi davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish va bank xodimlari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, bu esa ularning kelajakdagi kasbiy mahoratini oshirish uchun qimmatli maslahat va tavsiyalar olish, shuningdek, amaliyot va martaba imkoniyatlari haqida ma’lumot olish imkonini berdi.