Tadbirda Kamoliddin Behzod nomli Sharq miniaturalar san’ati muzeyi direktori f.f.n. dotsent Qarshiyeva Gulabza Aliqulovna, Yoshlar ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari S. Shukurullayeva, ishtirok etdilar. Ular o’zlarining erishgan yutuqlari,kasbiy faoliyatlari bilan o’rtoqlashdilar.
Tadbirni universitet Xotin-qizlar maslahati kengashi raisi, prof. G. Ibragimova hamda fakultet xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahat kengashi raisi F. Xoldarova ochib berdilar. “Ayol kishi bir tarafdan qaraganda nozik xilqat bo‘lsa, boshqa bir tarafdan juda ko‘p ishlarni muvaffaqiyat bilan bajaruvchi yaxshi ishboshi hamdir. Zamonaviy dunyoda boshqaruvning an’anaviy modellaridan uzoqlashishi, texnologiyaning rivojlanishi va ma’lumotlarga kirishning qulayligi har bir jabhada o‘ziga xos evolutsiya yaratdi. Ushbu evolutsiya ayollarga ko‘proq yordam berdi va ayollar tashkilotlarda rahbar lavozimlariga o‘ta boshladilar. Hozirda Amerikaning 500 ta yirik kompaniyasi reytingida bosh direktorlik lavozimida ayollar soni 4,6 % ni tashkil etadi. O’zbekistonda ham rahbar lavozimlarda ayollarning ulushi yildan yilga oshib bormoqda” deb ta`kidlab o`tdi.
So`z navbati tadbir mehmoni f.f.n. dotsent Qarshiyeva Gulabza Aliqulovnaga berildi. “So‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan xotin-qizlarning faolligini oshirish, jamiyatda o‘rnini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda respublikamiz siyosiy partiyalaridagi xotin-qizlarning ulushi 47 foizga, oliy ta’limda 48 foizga, tadbirkorlik faoliyatida esa 37 foizga yetgan. Rahbarlik lavozimlarda ishlayotgan ayollar ulushi 33 foizni tashkil etadi. 2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda. Bu raqamlar davlat rivojida, ijtimoiy-siyosiy hayotda xotin-qizlarning roli va mavqei ortib borayotganidan dalolat beradi. Ayol kishi rahbar bo‘lgach uning tashqi qiyofasi ham, o‘zini tutishi ham o‘zgaradi. Chunki endi u jamiyat orasida oddiy ayol emas, balki rahbar ayol sifatida gavdalanadi. Tashqi ko‘rinish, imij borasida jiddiy va to‘g‘ri tanlov qabul qilishimiz, o‘z navbatida, rahbar ayollarning faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun, atrofdagilarga har jihatdan o‘rnak bo‘lish uchun imij ustida alohida ishlash kerak” deb aytib o`tdi. Tadbirimiz mehmoni o`z hayoti va erishgan yutuqlari, bo‘lajak lider va rahbar ayollarga bu boradagi muhim taklif va tavsiyalarini berdi.
Talaba qizlar o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.Tadbir talaba qizlar uchun foydali bo`ldi.
Tadbir yakunida TDIU-Pendidikan xalqaro qo`shma ta`lim dasturi tomonidan mehmonga estalik sovga`lar taqdim qilindi.