2025-yil 19-mart kuni TDIU-Pendidikan xalqaro qo’shma ta’lim fakulteti katta o’qituvchisi S.Abirqulova TDIU-Pendidikan xalqaro qo’shma talim fakulteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha kengash raisi F.Xoldarova bilan hamkorlikda TDIU-Pendidikan xalqaro qo’shma talim dasturi bo’limi 7-sonli talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba qizlar holidan xabar olindi.
Navbatdagi tashrif davomida, qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Tashrif davomida qizlarning yashash sharoitlari, bo’sh vaqtlarida qanday mashg’ulotlar bilan band ekanliklari va muammolari o’rganildi.
S.Abirkulova tomonidan talabalar turar joyidagi talaba-qizlar bilan kiyinish madaniyati va sog‘lom turmush tarzi mavzusida suhbat tashkil etildi.
Unda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, tozalik va ozodalikka e’tibor, to‘g‘ri ovqatlanish hamda jismoniy faollik sog‘liq uchun muhim omil ekani yuzasidan foydali tavsiyalar berildi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad: talabalar turar joyida yashovchi qizlarga kiyinish va muomala madaniyati, ahloqiy qadriyatlar hamda shaxsiy va umumiy gigiyena haqidagi bilimlarini kengaytirish. Shu bilan birga, yig‘ilgan qizlarga hozirgi vaqtda davlatimiz, xususan, Prezidentimiz alohida e’tibor qaratayotgan diniy qadriyatlarimizda ko‘zda tutilgan odob-axloq me’yorlari va qizlarning kiyinish odobi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.