Bugungi kunda talaba yoshlarimizni ma’naviy-ma’rifiy va ruhiy kamol toptirish har-birimizning oldimizda turgan ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Yuqoridagi ustuvor vazifalarni amalga oshirilishida Prezidentimiz 2024 yil 7 fevraldagi PQ-62 son qarori 2-ilovasining 4-bo‘limi ijrosi yuzasidan 2025 yil 2-iyun kuni TDIU-Pendidikan qoʻshma taʼlim dasturi fakulteti tomonidan “Kamolon” mahalla fuqarolar yigʻinida yoshlarga bagʻishlangan mazmunli tadbir tashkil etildi. Tadbirda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Shahidov Abdualim Abdukarimovich, Yoshlar yetakchisi Muxsimova Marhamat Zakirjanovna va Iqtisodiyot va menejment kafedrasi professor-o‘qituvchilari G.Bekimbetova, S.Shukrullayeva, F.Xoldorova, S.Abirqulova, A. Tulaboyev, S. Xoldorov, Yoshlar ma’naviy ma’rifiy ishlari bo`yicha bo`lim boshlig`i o`rinbosari S. Shukurullayeva hamda mahalla yoshlari qatnashishdi.
Davra suhbatini Yoshlar masalalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha bo`lim boshlig`i o‘rinbosari S.Shukurullayeva ochib “Ma’lumki, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan yoshlarimizni zamonaviy talablar darajasida bilim olish, kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallashga e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizda yoshlarning zamonaviy bilim va tafakkur egalari bo‘lib voyaga yetishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikka javoban yoshlarimiz bilim va hunarlarni hamda ona tilimiz bilan birga xorijiy tillarni ham puxta egallab, kelgusida bor kuch g‘ayratlarini barchamiz uchun muqaddas bo‘lgan Vatanimiz ravnaqi uchun sarflashlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Uchrashuvda yoshlar oʻrtasida sport musobaqalari va kitobxonlikka doir qiziqarli tadbirlar oʻtkazilib, ular bilim olish va jismoniy faollikka ilhomlantirildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Shahidov Abdualim Abdukarimovich “Kamolon” mahallasi haqida qisqacha ma’lumot berib tadbir haqida iliq fikrlarini aytib o’tdi.
So’z navbati “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi professor o’qituvchilariga berildi. “Mahallamning faol tadbirkori va innovatsion tafakkur” mavzusida mahalla yoshlariga maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchi yigit-qizlar ilmiy, badiiy, oʻquv darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar hamda elektron adabiyotlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Mazkur tadbir yoshlarda tadbirkorlik g‘oyalarini shakllantirish, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, innovatsion yondashuvlarga qiziqishni oshirish va eng asosiysi, doimiy o‘z ustida ishlashga bo‘lgan rag‘batni kuchaytirishga xizmat qildi.
Shuningdek, mahalladagi ilg‘or tadbirkorlarning amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashildi, ularning innovatsion tashabbuslari yoshlar uchun ibrat namunasi sifatida namoyish etildi. Tadbir yakunida kitob mutolaasining ahamiyati, bilim olish va doimiy izlanish orqali muvaffaqiyat sari yetaklovchi yo‘llar haqida fikr almashildi.
Tadbirda faol ishtirok etgan yoshlarga esdalik sovgʻalari taqdim etilib, ularning sa’y-harakatlari alohida e’tirof etildi. Tashkil etilgan barcha tadbirlar ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.