Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Indoneziya ta’lim universiteti (Universitas Pendidikan Indonesia) o‘rtasidagi xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha navbatdagi bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda TDIU rektori To‘lqin Teshabayev va Indoneziya ta’lim universiteti rektori Solehuddin Hadik Jayasasmita, qo‘shma ta’lim dasturi mas’ullari, bitiruvchi talabalar, ularning yaqinlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Tadbir avvalida TDIU rektori T.Teshabayev so‘zga chiqib, ushbu qo‘shma ta’lim dasturi TDIU va Universitas Pendidikan Indonesia o‘rtasidagi o‘zaro samarali hamkorlikning yorqin namunasi ekanligini ta’kidlab, dastur bitiruvchilariga xalqaro tajribaga asoslangan bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirganliklari bilan samimiy qutladi.
Dasturga ko‘ra, talabalar TDIU va Universitas Pendidikan Indonesia’da tahsil olish orqali ikki universitetning diplomlariga ega bo‘ladi.
Tadbirning asosiy qismida bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi va ularning kelgusidagi muvaffaqiyatli faoliyatlari uchun iliq tilaklar bildirildi.
Ta’kidlash kerakki, bu ta’lim hamkorligi talabalar uchun nafaqat yuqori malakali bilim olish imkonini bermoqda, balki ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va akademik aloqalarni yana-da mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda.