TDIU-Pendidikan (Indonesia) xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi bo‘limi talabalari, Moliya biznes taxlil kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda guruh tyutori ishtirokida Indonesia Elchixonasiga uyushtirilgan tashrifi ikkala tomonning rasmiy xatlariga va roziliklariga asoslangan bo’lib, 16 mart kuni bo’lib o’tdi

Dastlab tadbirni Indoneziyaning Uzbekistondagi elshisi janob prof.Sunaryo Kartadinata ochib berdi va Indonesia va Uzbekistonning diplomatik aloqalari tarihi va bugungu kundagi davlatlar aro iqtisodiy va madaniy munosbatlar haqida gapirib berdi.

So’ng novbatni TDIU nin moliya va biznes tahlil kafedrasi muduri Raya Karliboyevaga berdi. Raya Karlibaevna Pendidekan va TDIU o’rtasidagi qo’shma ta’limning muvoffaqiyatli tajribasi haqida gapirib Indoneziyalik professor-O’qituvchilarga va elchilikga TDIU nomidan minnatdarchilik bildirdi.

Keyin so’zga elchi-maslahatchisi Rofita Jamafat honim chiqib diplomatlar va elchikilarning vazifalari bilan tanishtirdi. Ushbu tadbirning birinchi qismi Indoneziya tabiati, turizm borasidagi ishlar va madaniyatga bog’liq vidoe bilan yakunlandi.Tadbirning ikkinchi qismida esa talablar Indoneziyaning milliy taolmari bilan tortiq etilgan dasturxonga taklif etilib, Indoneziyaning milliy raqslari namoyishidan bahramand bo’lishdi.Shuningdek talablarimiz uzbek milliy raqlarini namoyish etib, barcha flash mob raqsiga taklif qilindi. Tadbir ko’taringi ruhda o’z yakuniga yetdi.

Tadbir yakunida  ishtirokchilar, xomiylar bunday uchrashuvlarni davomli o‘tkazilishini maqsad qilganliklarini bildirishib, ushbu muassasa ishlariga muvaffaqiyat tilashdi.