TDIU “Falsafa” kafedrasi professorlari Aliyev Bekdavlat Aliyevich va Norov Toji Omonovich bilan “O’zbekiston – millatlararo totuvlik va bag’rikenglik yurti” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Joriy o’quv yilining 22-may kuni TDIU-Pendidikan qo’shma ta’lim yo’nalishining “Iqtisodiyot va menejment” fakultetida TDIU “Falsafa” kafedrasi professorlari Aliyev Bekdavlat Aliyevich va Norov Toji Omonovich tomonidan “O’zbekiston – millatlararo totuvlik va bag’rikenglik yurti” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Ushbu davra suhbati doirasida, O’zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy tolerantlikning uzoq yillik tarixiy-falsafiy ildizlari, hozirgi mavjud tendensiyalar hamda kelajakdagi istiqbolli loyihalar haqida atroflicha ma’lumotlar ulashildi. Suhbat yakunida talabalar o’zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdilar.

Bunday davra suhbatlari hozirgi yosh avlodni millatlararo hamjihatlik va dinlararo hamjihatlik haqidagi qarashlariga ijobiy ta’sir qilishi shubhasiz.