TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi bo‘limi xodimlari va talabalari ishtirokida 8-dekabr’ O‘zbekiston Respublikasi konstitusiyasi qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan 2022 yil 10 dekabrda Toshkent shahar Yashnobod tumani 30-sonli bolalar uyida tadbir o‘tkazildi

2022 yil 10 dekabr’ kuni TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi bo‘limi xodimlari Toshkent shahar Yashnobod tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tasarrufidagi 30-yordamchi uyiga tashrif buyurib, 8-dekabr’ O‘zbekiston Respublikasi konstitusiyasi qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan tarbiyalanuvchilarga o‘z sovg‘a-salomlarini yetkazdilar. Shu bilan birga, bo‘lim a’zolari va talabalar Mehribonlik uyining 30 ga yaqin tarbiyalanuvchisi, o‘qituvchi va tarbiyachilari, rahbariyati ishtirokida davra suhbati o‘tkazdilar. Tarbiyalanuvchilarning kelajak rejalari va orzulari to‘g‘risida ham suhbat qurildi. Ushbu ta’lim-tarbiya maskaniga tashrif buyurgan bo‘lim xodimlari, universitetning talabalari ham Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoit bilan tanishdilar. Tadbir davomida bolalar o‘zlarini qiziqtirgan bir qancha savollarga javob topdilar. Erkin muloqot so‘ngida olingan fotosuratda barcha qatnashchilarning mamnun va xush kayfiyatda ekani ko‘rinib turibdi va bu holat albatta kishini quvontirmay qolmaydi. O‘ylaymizki, bu kabi tarbiyalanuvchilarning beg‘ubor bolalik chog‘larini sermazmun o‘tkazishlari uchun biz ulardan g‘amxo‘rligimizni, e’tiborimizni, vaqt va mehnatimizni ayamasligimiz kerak. Umid qilamizki, bunday tadbirlar bardavom bo‘ladi.