2025-yil 22-may kuni, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining TDIU-Pendidikan xalqaro qo’shma ta’lim dasturi fakultetida “Men giyohvandlikka qarshiman” mavzusida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir TDIU–Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etildi. Uchrashuvda Farg’ona viloyati narkalogiya dispanseri katta shifokori, Arslonova Muyassarxon ishtirok etib, ma’ruza qildi. U o‘z nutqida Nutqda giyohvandlikning inson sog‘lig‘i, psixologik holati, ijtimoiy mavqei va oilaviy hayotiga salbiy ta’siri tahlil qilindi.
Mutaxasis bu illatga qarshi kurashda har bir yoshning faolligi muhimligini ta’kidladi. U yoshlarga murojaat qilib, sog‘lom turmush tarzini olib borish, sport bilan shug‘ullanish, ilm olish, ijobiy do‘stlar orttirish orqali giyohvandlikdan yiroq yurish mumkinligini aytdi.