TDIU Talabalar turar joyida Navro‘z bayrami o‘tkazildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Talabalar turar joyida “Har kuning bo‘lsin Navro‘z!” deb nomlangan bayram dasturi tashkil etildi. Asosan gastronomik tadbirlarni o‘z ichiga olgan mazkur dasturda mas’ullar va 400 ga yaqin talabalar ishtirok etdi.
Turli xil milliy taomlarimiz tayyorlandi, talabalar tomonidan milliy raqs va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Qolaversa, o‘zbek milliy o‘yinlari, sport musobaqalari o‘tkazildi.
G‘oliblar va faol talabalar sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.